Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQShda Trampga ishora sifatida talqin qilingan raqamlar bahs uyg‘otdi

AQShda Trampga ishora sifatida talqin qilingan raqamlar bahs uyg‘otdi

AQSh rasmiylari Vashingtondagi Oq uy yaqinida joylashgan Milliy xiyobon maysazorida 8647 raqamlari paydo bo‘lishi yuzasidan tergov boshladi – NBC News.

Bu raqamlar kombinasiyasi "Trampni chetlashtirish" iborasi bilan bog‘lanmoqda. Umumiy ovqatlanish sohasi (restoran va kafelar) ishchilarining so‘zlashuvida "86 it" iborasi biror taomni menyudan olib tashlash yoki tugatishni anglatadi.

Tramp esa AQShning 47-prezidenti hisoblanadi. Ichki ishlar vazirligi vakili maysazorda raqamlarning paydo bo‘lishini "aqldan ozgan vandalizm harakati" deb atadi va bunday harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.

"Prezidentga qaratilgan har qanday tahdid vazirlik tomonidan juda jiddiy qabul qilinadi, parklar polisiyasi tergov o‘tkazadi va aybdorlarni javobgarlikka tortadi", — dedi u.

Kiritildi: 23:12 13.06.2026. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!