7-mart kuni Saudiya Arabistonidagi “Al-Haram” masjidida tarixiy rekord o‘rnatildi: bir kunda 500 ming kishi umra ziyoratini ado etdi. Bu rekord kunlik eng katta ko‘rsatkichdir.
Bu haqda Masjid al-Harom va Masjid an-Nabaviy ishlari bo‘limi o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.
Mahalliy matbuotning yozishicha, real vaqt rejimida ziyoratchilar oqimini kuzatish va ularning harakatini samarali boshqarishga yordam berish uchun Al-Haramga kirish joylariga ilg‘or sensorlar o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, masjid hududida odamlar to‘planadigan joylarni yozib olish uchun intellektual kameralar o‘rnatilgan. Bu oqimlarni tezkor tartibga solish, tashrif buyuruvchilarning xavfsizligi va qulayligini ta’minlash imkonini beradi.
Hozirda tizim asosiy kirish joylarida ishlamoqda, biroq kelajakda uni butun masjidga tatbiq etish rejalashtirilmoqda.