UFCning bozor qiymati 11 milliard dollarga ko‘tarildi. Bu haqda sobiq chempion Konnor Makgregor tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan uning yordami bilan bu sport turi shu qadar mashhur bo‘lib ketdi.
"Men buni bir necha bor qildim, bu 2016 yilda kompaniyani 4,2 milliard dollarga sotishga olib keldi, keyin esa bozor narxida kompaniya qiymatini 11 milliard dollarga ko‘tardim. Ajoyib!" – deb yozgan Konor.
Makgregor, shuningdek, Dastin Porye bilan bo‘lgan jangida 1,5 milliondan ortiq pulli translyasiyalarni sotganini ma’lum qildi.