Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Makedoniya nomi rasmiy ravishda o‘zgartirildi

Makedoniya nomi rasmiy ravishda o‘zgartirildi

12 fevral seshanba kuni Makedoniya Respublikasi nomini Shimoliy Makedoniyaga qayta nomlash to‘g‘risidagi Prespa Shartnomasi kuchga kirdi. Mamlakat rasmiy nomini o‘zgartirdi, deya xabar berildi Gresiya tashqi ishlar hisobotida.

Yunon tashqi ishlar vaziri Yorgos Katrungalos tomonlar og‘zaki qaydlarni almashishdi, endi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichi boshlanadi deya ta’kidlab o‘tdi.

Shimoliy makedoniyalik hamkasbi Nikola Dimitrov esa bu kun do‘stlik va hamkorlikning boshlanishi bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.

Ushbu nomning o‘zgarishi sobiq Yugoslaviya Respublikasiga Afina bilan kelishmovchiligi tufayli ilgari imkoni bo‘lmagan NATO va YEIga a’zo bo‘lishiga imkon beradi.

Kiritildi: 05:47 13.02.2019. O'qildi: 1849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!