Majburiy ijro byurosi Shahrisabz tuman bo‘limi voyaga yetmagan 10 yoshli B.Baxtiyorovni otasidan olib onasiga qaytarib berdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, oilaviy kelishmovchilik sabab, YO.G‘ofurova turmush qurib, ko‘chib kelgan uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Biroq YO.G‘ofurova farzandini olib ketolmagach sudga murojaat qilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 2019 yil 7 iyun kunidagi ijro varaqasiga asosan YO.G‘ofurovaning sobiq turmush o‘rtog‘i I.Baxtiyorov qaramog‘ida bo‘lgan B.Baxtiyorov onasining tarbiyasiga majburiy tartibda olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati MIBning Shahrisabz tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
I.Baxtiyorov bolani onasiga ixtiyoriy topshirish to‘g‘risida ogohlantiriladi. Biroq ota farzandini onaga berishdan bosh tortadi. 20 iyul kuni majburiy ijro harakatlari davomida B.Baxtiyorov onasi YO.G‘ofurovaga olib berilgan.