Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mahmud Murodov bugun qancha "soqqa" qildi?

Mahmud Murodov bugun qancha "soqqa" qildi?

BAA poytaxti Abu-Dabining «Jangchilar orolida» o‘tgan UFC 257 musobaqasida o‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodov (25−6 MMA, 3−0 UFC) raqibi Endryu Sanches ustidan g‘alaba qozondi. Bu uning uchinchi g‘alabasi.

Birinchi raundda o‘zbekistonlik jangchi ustunlikka ega bo‘ldi, Murodov amerikalik raqibining old oyog‘i va bosh qismiga ko‘proq zarba yo‘lladi, deya yozmoqda Allboxing.ru. Ikkinchi raundda esa Sanches faolroq harakat qilgan bo‘lsada, o‘zbekistonlik sportchi raund so‘ngida yetakchilik qildi.

Hal qiluvchi raundda Sanches Murodovga nisbatan bosim o‘tkazib, oldinga harakatlandi. O‘zbekistonlik jangchi o‘ng qo‘l bilan raqibining jag‘ qismiga bergan zarbasi natijasida Sanches muvozanatni yo‘qotdi. Murodovning yana bir nechta zarbasi esa jang taqdirini hal qildi.

UFC turnirdagi eng yaxshi jang sohiblariga bonus tarqatdi. Marina Rodrigez, Mahmud Murodov, Maykl Chendler va Dastin Poryening har biri 50 ming AQSh dollaridan qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 19:12 24.01.2021. O'qildi: 12911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!