Parlament Quyi palatasi deputatlari bugungi majlisda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning masofali video-uchrashuvga bo‘lgan huquqini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.
Ushbu qonun loyihasi zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini tatbiq etish orqali ularni jamiyatdan uzilib qolmasligini taminlash, jazoni o‘tab chiqqanidan so‘ng jamiyatga qayta moslashishiga ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat-ijroiya kodeksining tegishli moddalariga Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi barcha jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga masofadan video-uchrashuv huquqini berish orqali o‘z yaqinlari bilan onlayn uchrashish imkoniyatini yaratishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bunda masofali video-uchrashuv soni jazoni o‘tash tartibotiga qarab belgilanadi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qildilar.