Bugun 17 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiyada eng ko‘p maosh oladigan migrantlar ro‘yxati e’lon qilindi

Rossiyada eng ko‘p maosh oladigan migrantlar ro‘yxati e’lon qilindi

Rossiyada chet ellik ishchilar uchun eng yuqori maoshlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi Mehnat vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2025 yil uchun eng yuqori maoshli ishlar:

Rossiya-Germaniya tashqi savdo palatasi boshqaruvi raisi. Uning ish haqi oyiga 380 ming rubl (2016 yildan buyon bu lavozimni Matias Shepp egallab kelmoqda)

Kudinov nomidagi “Udmurtneft” kompaniyasining uchta menejeri – ish haqi 275 ming rubl

“Barnaul” basketbol klubining sport-instruktori – 250 ming rubl

“Yaxonti” qishloq mehmonxonalar tarmog‘idagi usta pishloq ishlab chiqaruvchi va blancher – 230 ming rubl

Shuningdek, mamlakatning turli mintaqalarida qancha migrant faoliyat yuritayotgani ham ma’lum qilingan. Unga ko‘ra, eng ko‘p kvotalar Amur viloyati (27,1 ming), Moskva viloyati (23 ming), Leningrad viloyati (taxminan 22,3 ming) va Tataristonga (9,3 ming) ajratilgan.

Qayd etilishicha, Mehnat vazirligi chet elliklarni yollash uchun kvotani 50 foizga oshirishni ham taklif qilgan.

Kiritildi: Bugun 08:40. O'qildi: 2244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!