Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mahdumi A’zam qadamjosi yanada obod qilinadi

Mahdumi A’zam qadamjosi yanada obod qilinadi

Prezidentimiz Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida joylashgan Mahdumi A’zam majmuasida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

Davlat rahbari shu yilning mart oyida Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Mahdumi A’zam qadamjosini obod qilishga oid loyiha bilan tanishgan edi.

Mahdumi A’zam aslida hozirgi Kosonsoy tumanida tug‘ilgan va naqshbandiya ta’limotining mashhur rahnamolaridan biri bo‘lgan. Yoshlikda Farg‘onadagi madrasada savod chiqarib, Samarqandda Xoja Ahror Valiyning shogirdi Mavlono Muhammad Qoziy qo‘lida pirlik darajasiga yetadi. Keyinchalik u tariqat ilmiga oid 30dan ortiq asar yozgan va ko‘plab shogirdlar tayyorlagan.

Shu zotning ilmiy va diniy xizmatlari uchun Mahdumi A’zam unvoni beriladi. U Samarqand viloyatida abadiy qo‘nim topgan.

Samarqand hukmdori bo‘lgan Yalangtosh Bahodir Mahdumi A’zam qabri ustida dahma qurdirgan va bu yerda yirik masjid hamda ilm taliblari uchun madrasa barpo qilgan. U vafotidan so‘ng o‘z vasiyatiga ko‘ra shu yerda dafn etilgan. Ziyoratgohda 50dan ortiq qabr toshi saqlangan bo‘lib, aksari yozuvlari aniqlangan. Bu yerda ko‘plab allomalar qatoridan tashqari ikki nafar Afg‘oniston hukmdori ham dafn etilgan.

Loyiha doirasida Mahdumi A’zam ziyoratgohida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Mahdumi A’zam ziyoratgohining umumiy maydoni taxminan 5 gektar. Bu yerga keladigan ziyoratchilar soni ko‘p bo‘lgani bois, ular uchun qulaylik yaratish maqsadida Mahdumi A’zam maqbarasi yonida uch qavatli zamonaviy avtoturargoh, kirish darvozasi, kushxona va ma’muriy binolar, tahoratxona, ming kishilik masjid va qo‘shimcha ayvonlar barpo etilmoqda.

Ta’mirdan so‘ng bir vaqtning o‘zida 35 ming ziyoratchi qabul qilish imkoniyati yaratiladi. Ilgari esa 5 ming kishi kabi ziyoratchi qabul qilingan.

Shuningdek, hududda ziyoratchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida obodonlashtirish ishlari olib boriladi va 40dan ortiq savdo hamda servis ob’ektlari tashkil qilinadi.

Prezident ziyoratgohda daraxt ekdi va allomaning ruhlari yodga olindi, Qur’on tilovati qilindi.

Ziyoratgohni yanada obod qilish, bog‘da asrlarga tatigulik daraxtlar barpo etish va tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Kiritildi: 14:20 25.11.2025. O'qildi: 467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!