“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–129-son, 07.08.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Farmonga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tizimi joriy etiladi.
💰 Bunda xodimlarning lavozim maoshi yagona tamoyil asosida mehnatga haq to‘lashning yangilangan tarif setkasi hamda ko‘p yillik xizmati va lavozimini inobatga olgan holda tabaqalashgan tarif koeffisiyentlari asosida shakllantiriladi.
💸 Rag‘batlantirish to‘lovlari boshqaruv xodimlari tomonidan erishilgan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida har oylik ustama, malaka (martaba) darajalari uchun va hisobot davri yakunlari bo‘yicha rag‘batlantirish (bonus) to‘lovlari shaklida to‘lanadi.
🚫 Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq to‘lash faqat mazkur Farmonda belgilangan shartlarda amalga oshirilib, Farmonda ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha ustamalar, mukofotlar va boshqa to‘lovlar to‘lash taqiqlanadi.
✅ 2025 yil 1 avgustdan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
▪️ lavozim maoshi;
▪️ eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) erishganligi uchun lavozim maoshiga har oylik ustamalar;
▪️ malaka (martaba) darajalari uchun to‘lovlar;
▪️ mukofotlash hamda bonus to‘lovlari.