Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

"Mahallalarda aholi hordiq chiqaradigan markazlar tashkil etiladi" — Shavkat Mirziyoyev

A A A
"Mahallalarda aholi hordiq chiqaradigan markazlar tashkil etiladi" — Shavkat Mirziyoyev

Ayni paytda Yangi hayot tumanida bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyev yangi qaror bilan mahallalarda aholi hordiq chiqaradigan markazlar tashkil etilishini ma’lum qildi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, tez orada chiqadigan prezident qarori bilan mahallalarda futbol, voleybol, basketbol, shahmat maydonlari va kutubxonalar tashkil etiladi.

"Faqat Navro‘zda emas, mahalladagilar bir-birlari bilan uchrashib turishsa, "Mehr ko‘zda" deyishadi, shunday mahalla markazlarining bo‘lgani yaxshi - hamma bo‘sh vaqtlarda shu joyga yig‘iladi. Hozir ularning boradigan joyi yo‘q", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kiritildi: 16:51 18.02.2022. O'qildi: 2866 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!