Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Magnus Fusion 212 samolyotlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkin

Magnus Fusion 212 samolyotlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkin

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Vengriyaning «Magnus Aircraft Zrt.» kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Laszlo Boros bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan Magnus Fusion 212 samolyotlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatini muhokama etishdi.

Magnus Aircraft Zrt. – kompozit materiallardan innovasion samolyotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi Vengriyaning xalqaro kompaniyasi hisoblanadi.

Magnus kompaniyasining bosh qarorgohi Vengriyaning Pogani shahrida, Pech-Pogani xalqaro aeroporti (LHPP) yaqinida joylashgan bo‘lib, qariyb 8000 kvadrat metr maydonni egallaydi.

Magnus guruhining vakillari AQSH, Xitoy, Keniya, Nigeriya, Serbiya va Yaqin Sharq mamlakatlarida o‘z faoliyatini olib boradi.

Kiritildi: 22:27 18.02.2026. O'qildi: 407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!