Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Magistraturaga o‘qishga kirmoqchi bo‘lganlar uchun yangilik va eslatma

A A A
Magistraturaga o‘qishga kirmoqchi bo‘lganlar uchun yangilik va eslatma

Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha magistr.edu.uz veb-platformasida arizani bekor qilish funksiyasi ishga tushirildi

Magistraturaga o‘qishga kirmoqchi bo‘lganlar uchun yangilik va eslatma

Magistraturaga o‘qishga kirmoqchi bo‘lganlar uchun yangilik va eslatma

Talabgorlar arizani "Mening arizalarim" bo‘limidan ko‘rsatilgan tugma orqali bekor qilishi mumkin. Arizani to‘ldirib tasdiqlaganingizdan so‘ng ariza «Tasdiqlandi» statusiga o‘tkaziladi. Bunda:

- Tanlagan mutaxassisligingiz bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassassasiga yuboriladi. Ta’lim muassasasi tanlagan mutaxassisligingizni turdosh yo‘nalish guruhiga mosligini tekshiradi. Shundan so‘ng Respublikadagi siz bakalavriatni tugatgan oliy ta’lim muassasasiga diplom ma’lumotlarini tasdiqlash uchun yuboradi;

- Diplom bergan ta’lim muassasasi siz tomoningizdan kiritilgan diplom seriyasi va raqamini tekshiradi hamda diplom ilovasidagi o‘rtacha balini kiritib tasdiqlaydi.

- Shundan so‘ng ariza "Qabul qilindi" statusiga o‘tkaziladi va siz imtihonda ishtirok etishingiz mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 09:53 12.07.2020. O'qildi: 4926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!