U davlat telekanali VTV orqali qilgan chiqishida Isroil rahbarining harakatlarini qattiq tanqid qildi.
«Bu meros mening qonimda oqib turibdi. Shu bois, men butun dunyodagi, okkupasiya qilingan falastin yerlarida yoki Isroil davlatining o‘z hududida yashovchi sharafli yahudiy xalqqa murojaat qilaman. Sizlar urushni to‘xtatishingiz kerak, Netanyaxuni to‘xtating, qo‘shni davlatlarga qarshi bu devona va do‘zaxiy urushni tugating. Butun Yaqin Sharq va G‘arbiy Osiyoni bosib olish va mustamlaka qilish ulug‘vorligini to‘xtatish vaqti keldi», — dedi Maduro.