Venesuela harbiy-havo kuchlari 2025 yilda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi 39 ta samolyotni yo‘q qildi, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash qonuni qabul qilingandan beri ularning umumiy soni 430 taga yetdi.
Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ma’lum qildi.
Qurolli kuchlarimizni, hududiy mudofaa kompleksimizni, ayniqsa, havo hujumidan mudofaa va harbiy aviasiyamizni tabriklayman, chunki 28 dekabr kuni Apur shtatida joriy yilning o‘tgan davrida narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi 31-samolyot urib tushirildi”, — dedi davlat rahbari. Uning qo‘shimcha qilishicha, dushanba kuni Amazonas shtatida, Braziliya bilan chegaraga yaqin joyda harbiy samolyotlar sakkizta giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi samolyotni yo‘q qilgan va bu yil urib tushirilgan samolyotlarning umumiy soni 39 taga yetgan.
Maduroning ta’kidlashicha, giyohvand moddalar savdosiga qarshi qonun qabul qilinganidan buyon narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi 430 ta samolyot urib tushirilgan va yo‘q qilingan.