Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Madrimov - Krouford oqshomining co-main event jangi tasdiqlandi

A A A
Madrimov - Krouford oqshomining co-main event jangi tasdiqlandi

Xabaringiz bor, 3 avgust kuni AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida katta prof boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Riyadh Season Card oqshomi tashkilotchilari turnirning anderkart jangini e’lon qilishdi. Unda superog‘ir vazn toifasining uchta yo‘nalishida sobiq jahon chempioni, meksikalik Endi Ruis amerikalik Jarrell Millerga qarshi ringga ko‘tariladi.

Darvoqe, yaqindagina qon tahlilida taqiqlangan modda aniqlangan Miller Top Rank promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblanadi. Jarrellning 9 iyul kuni Jerri Forrestga qarshi jangidan avval topshirgan testi musbat natija bergandi. Bunday holat uning faoliyatida uchinchi marotaba sodir bo‘ldi.

Turnirning markaziy jangi amerikalik mutlaq jahon chempioni Terens Krouford hamda WBA kamari sohibi Isroil Madrimov o‘rtasida o‘tkaziladi.

Kiritildi: 20:14 17.07.2024. O'qildi: 848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!