Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Madridda norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi

Madridda norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi

Ispaniya poytaxti Madrid shahrida mamlakatda umummilliy saylovlar o‘tkazilishi talabi bilan namoyish bo‘lib o‘tdi

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, norozilik namoyishida 25 ming odam qatnashgan.

Hukumat vakolatxonasining xabar berishicha, namoyish shiori “Birlik, qadr-qimmat, qonun va erkinlik uchun. Hozir umumiy saylovlar” nomi bilan o‘tkazilgan.

Namoyishni “Konstitusiyaviy Ispaniya uchun harakat”ga birlashgan yuzlab uyushmalar uyushtirgan. Ko‘plab namoyishchilar qirollik bayroqlari bilan kelishdi. Mitingga muxolifat partiyalari vakillari ham qo‘shildi.

Kiritildi: 22:05 20.10.2024. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!