Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Madinada payg‘ambarimizning hayotlarini aks ettiruvchi muzey ochildi

A A A
Madinada payg‘ambarimizning hayotlarini aks ettiruvchi muzey ochildi

2 fevral kuni Saudiya Arabistonining Madina shahrida Islom sivilizasiyasi xalqaro ko‘rgazmasi va Muhammad sallollohu alayhi vasallamning hayotini aks ettiruvchi muzeyning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Madina hokimi shahzoda Faysal bin Salmon mazkur ko‘rgazma va muzeydagi eksponatlarni olqishlar ekan, bu yer nafaqat Qirollikning madaniy sayyohlik sohasini rivojlantirishi, balki, bu muzeyda zamonaviy texnologiyalardan ham foydalanilishini ham ta’kidladi.

Madinadagi Payg‘ambar masjidi yonida joylashgan ushbu muzey 24 soat davomida ishlaydi va Islom olami tarixi va payg‘ambar Muhammad sollollohu alayhi vasallamning hayotini odamlarga tanishtiradi.

Ayni paytda muzeyga tashrif buyuruvchilar uchun yettita tilda ma’lumot beriladi. Ushbu tillar arab, ingliz, ispan, urdu, fransuz, turk va indonez tillaridir. Shuningdek, ko‘rgazmalar orasida 4DX teatri ham bo‘lib, unda payg‘ambar sollollohu alayhi vasallam hayotlari haqida bir qator filmlar namoyish etiladi.

Shuningdek, mazkur muzeyda islomda ayollarning ahamiyati, boshqa payg‘ambarlar hayotini ham aks ettiruvchi bo‘limlar bor.

Kiritildi: 08:00 08.02.2021. O'qildi: 2975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!