Joriy yilning sentyabr oyida, sana’tkor Yorqinxo‘ja Umarov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning qiziga uylandi. San’atkorning onasi Zohida Umarova esa intervyularining birida ushbu kelini 17 yoshdaligini, o‘g‘li esa 31 yoshdaligini ma’lum qilib qo‘ydi.
Avvalroq Ozodbek Nazarbekov davlat amaldori bo‘lishiga qaramay MCHJga rahbarlik qilishi aniqlangan edi va bu ham qonun buzilishi edi. Endi esa vazir 18 yoshga to‘lmagan qizlarni nikohga uzatish noqonuniy bo‘lishiga qaramay bu ishni qilgan.
Ko‘rinishidan amaldorlarimiz uchun biz ko‘rmagan alohida qonunlar borga o‘xshaydi.