Mart oyida Londonning Madam Tyusso muzeyi rahbariyati Megan Marklning mumdan yasalgan haykalini yasash bo‘yicha tanlov e’lon qilgan edi.
Mazkur yangilik butun dunyoga ovoza bo‘lib ketdi. Haykal muzeyga may oyida joylashtirilishi kerak edi. Muzey administratorlari o‘z so‘zlarida turishdi — belgilangan muddatda shahzoda Garrining bo‘lajak turmush o‘rtog‘i haykali paydo bo‘ldi. Megan Markl mum haykalini dizaynerlar yaratgan 600 dollarlik ko‘ylagi va unashtiruv marosimida taqqan uzugi bilan aslidan farqlash juda qiyin. Uning yonida esa shahzoda Garrining 30 yoshli, biroz soqol qo‘ygan nusxasi turibdi.
Aytishlaricha, Madam Tyusso muzeyi Megan hamda Garrilarning nikoh marosimi kuni barcha kiruvchilar uchun tashrif bepul bo‘ladi. Demak, 19 may kuni muzey kuchaytirilgan rejimda ishlaydi.
Manba: elle.ru