Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Madam Tyusso muzeyida yana bir Gollivud aktyorining mum haykali o‘rnatildi

A A A
Madam Tyusso muzeyida yana bir Gollivud aktyorining mum haykali o‘rnatildi

Madam Tyusso muzeyida 28 yoshli aktyor Timoti Shalamening mumdan yasalgan qiyofadoshi paydo bo‘ldi, deb yozadi PeopleTalk

“Dyuna” filmi yulduzining did bilan kiyintirilgan figurasi galereyadan o‘z o‘rnini egalladi.

Aktyorning haykalini yaratish uchun to‘qqiz oy vaqt sarflandi. Haykaltaroshlar aktyorning yuz tuzilishi, qalin va jingalak sochlarini yasash ustida ancha ter to‘kkan.

Mumdan yasalgan Timotiga mashhur modalar uyiga tegishli qora kostyum kiydirilgan. Obraz aktyor tomonidan mum haykaliga “sovg‘a qilingan” oyoq kiyimi bilan to‘ldirilgan

Kiritildi: 23:59 26.05.2024. O'qildi: 8496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!