Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Madagaskarda “Gezani” siklini qurbonlari soni 59 nafarga yetdi

Madagaskarda “Gezani” siklini qurbonlari soni 59 nafarga yetdi

10–11 fevral kunlari orol hududidan o‘tgan tropik “Gezani” siklini oqibatida halok bo‘lganlar soni 59 nafarga ko‘paydi. Bu haqda Madagaskar Tabiiy ofatlar xavfini boshqarish milliy byurosi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, siklon mamlakatning 5 ta hududidagi 25 tumanga ta’sir ko‘rsatgan. 15 kishi bedarak yo‘qolgan, 804 nafar jarohat olgan. Jabrlanganlar umumiy soni 423 ming nafardan oshgan.

Avvalroq 43 nafar halok bo‘lgani xabar qilingan edi. Keyinchalik Mozambikka ko‘chgan siklon oqibatida u yerda ham to‘rt kishi halok bo‘lgan.

Bugun Madagaskar hukumati “Gezani”ning yana yaqinlashayotgani munosabati bilan qizil xavf darajasini e’lon qildi. Janubi-g‘arbiy hudud aholisiga uylarini tark etmaslik, kemalarga esa portlarda qolish tavsiya etildi.

Kiritildi: 23:44 16.02.2026. O'qildi: 357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!