Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Sentyabr oyi oxirlaridan beri Madagaskarda keng ko‘lamli norozilik namoyishlari davom etmoqda. Namoyishchilar mamlakatda samarali boshqaruvning yo‘qligi, shuningdek, suv hamda elektr ta’minotidagi uzilishlarga qarshi chiqmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishlar davomida o‘nlab insonlar halok bo‘lgan, yuzdan ortiq odam jarohat olgan.
Keng ko‘lamli namoyishlar fonida Madagaskar prezidenti Andri Radzuelina hukumatni tarqatib yuborish to‘g‘risida farmon chiqargandi.
Biroq namoyishchilarning vakillari “hukumatning ketishi yetarli emasligini” ta’kidlab, talablar orasida mamlakatni 2009 yildan beri boshqarib kelayotgan prezidentning iste’fosi ham borligini bildirishgan.