Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Eron va Ukraina atrofidagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun BMT Xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.
RIA Novosti Braziliya prezidenti matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, Lula bu taklifni AQSh prezidenti Donald Trampga bildirgan.
Braziliya rahbari suhbat davomida BMT Xavfsizlik kengashining hozirgi faoliyati samaradorligi yetarli emasligini ta’kidlagan. Uning fikricha, dunyodagi dolzarb inqirozlarni muhokama qilish va ularning diplomatik yechimlarini izlash uchun kengashning favqulodda majlisini chaqirish zarur.
Taklif doirasida, xususan, Erondagi vaziyat va Ukraina mojarosini muhokama qilish ko‘zda tutilmoqda.