Agentlik manbalariga ko‘ra, Carlyle kompaniyasi “Lukoyl”ning xorijdagi aktivlarini sotib olish bo‘yicha bitimni o‘rganishning “ilk bosqichida” turibdi. Kompaniya AQSh hukumati tomonidan ruxsat olish uchun ariza topshirishni ko‘rib chiqmoqda, shundan so‘ng esa aktivlarni tekshirmoqchi.
Reuters suhbatdoshlaridan biri Carlyle bitimdan voz kechishi mumkinligini aytgan. Ikkinchi manba esa Carlyle “Lukoyl”ga uning aktivlarini sotib olish niyatida ekanini ma’lum qilganini bildirgan.
“Lukoyl” o‘zining xorijdagi aktivlarini sotishga qaror qilgan, chunki AQSh kompaniyaga qarshi sanksiyalar joriy qilgan, ular 21 noyabr kuni kuchga kiradi.