Belarus va Rossiya prezidentlari Aleksandr Lukashenko va Vladimir Putin dushanba kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqot chog‘ida Ittifoq davlati mudofaasi, Ukrainadagi maxsus harbiy operasiyaning borishi va bir qator iqtisodiy masalalarni muhokama qilishdi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmatiga yaqin "Pul Pervogo" telekanali xabar berdi.
Belarus va Rossiya mudofaasi, maxsus harbiy operasiyaning borishi, postsovet hududidagi vaziyat, Kaliningrad tranziti, Rossiyaning Yevropaga energiya yetkazib berish, Belarus portini qurish masalalari muhokama qilindi.