AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati sanksiyalangan Rossiya banklari orqali cheklangan tranzaksiyalarni amalga oshirishga ruxsat beruvchi umumiy lisenziyani yangilamadi. Bu haqda Fox News Oq uydagi manbasiga tayanib xabar berdi.
Endi Rossiyaning to‘qqizta moliyaviy institutiga, jumladan VEB, Sberbank, VTB, Alfa-Bank va boshqalarga nisbatan to‘liq blokirovka qiluvchi sanksiyalar qo‘llanildi .
12 martga qadar ushbu banklarga Rossiya energiya resurslarini to‘lash bilan bog‘liq dollar operasiyalarini amalga oshirishga ruxsat berildi. Biroq Trampning lisenziyani bekor qilish qarori Yevropa davlatlari endi sanksiyalar tavakkal qilmasdan Rossiya neftini xarid qila olmasligini anglatadi.
Fox News manbasining aniqlik kiritishicha , bu harakat Vashingtonning Moskvani Ukrainadagi urushni tugatishga majburlash bo‘yicha muzokaralar strategiyasining bir qismidir. AQSh G‘aznachiligi yanvar oyida berilgan lisenziya muddati tugaganini va boshqa hech qanday imtiyozlar rejalashtirilmaganini tasdiqladi.
Payshanba kuni moliya vaziri Skott Bessent Qo‘shma Shtatlar Moskvaga "maksimal bosim" o‘tkazishga tayyorligini aytdi. U Bayden ma’muriyatining iqtisodiy sanksiyalarini o‘n balli shkala bo‘yicha baholadi, birinchi cheklovlar “uch”, keyingisi esa “oltilik”. Tinchlik muzokaralarini yaqinlashtirish uchun u "hech ikkilanmasdan ularni "o‘nga" oshirishga" va’da berdi.