Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Lukashenko bugun qonunni ochiqchasiga buzgani ma’lum bo‘ldi

A A A
Lukashenko bugun qonunni ochiqchasiga buzgani ma’lum bo‘ldi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko inaugurasiya paytida qonunni buzdi. Bu haqda «Neksta» (Nexta) telegram kanali xabar bermoqda.

9 avgust kuni Belarusda prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Rasmiy natijalarga ko‘ra, Lukashenko g‘olib bo‘ldi (80,1% ovoz). Ovoz berish tugagandan so‘ng Belarus shaharlarida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Bugun Lukashenkoning inaugurasiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Ommaviy axborot vositalari bu haqda faqat marosim tugaganidan so‘ng xabar berishdi.

Telegram kanalga ko‘ra, Lukashenkoning inaugurasiyasi paytida davlatning «Belarus 1» va "ONT" telekanallari rus seriallarini namoyish qilgan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra esa prezidentning inaugurasiya marosimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilishi kerak edi.

Kiritildi: 16:27 23.09.2020. O'qildi: 4111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!