Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Lukashenko Belarusda narxlarni oshirishni qat’iyan taqiqladi

Lukashenko Belarusda narxlarni oshirishni qat’iyan taqiqladi

"6 oktyabrdan boshlab har qanday narx oshirilishi taqiqlanadi!Ta-qi-qla-na-di! Bugungi kundan boshlab. Ertaga emas, synan bugundan! Narxlar bir kechada ko‘tarilmasin. Xudo ko‘rsatmasin, kimdir orqa sanani qo‘yib, hisob-kitoblar o‘tkazsa, oqibati yomon bo‘ladi. Shunday ishlanglarki, odamlar rozi bo‘lsin. Odamlarga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bir tiyin!", — deya ta’kidladi Belarus prezidenti.

Lukashenkoning bu buyrug‘i og‘zaki shaklda yangradi, hozircha u biror prezident farmonida qayd etilmagan. Belarus rahbari, shuningdek, uning bu topshirig‘ini buzadiganlarga jiddiy jazolar qo‘llanishi haqida ogohlantirdi, biroq qanday jazolar bo‘lishiga aniqlik kiritmadi.

"Bundan keyin hech qayerda narxlar oshirilmasin. Bunga umuman ehtiyoj yo‘q. Lekin ayrim istisnolar bo‘lishi mumkin. Bu istisnolar esa faqat vazir va gubernatorlar nazoratida bo‘ladi. Tamom!", — deya qo‘shimcha qildi prezident.

Kiritildi: 22:20 06.10.2025. O'qildi: 1631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!