39 yoshli yarim himoyachi Luka Modrich yangi klubi sifatida nima uchun Italiyaning "Milan" klubini tanlagani haqida gapirib berdi.
"Men Yevropada qolishni, futbol o‘ynashda davom etishni xohlardim. Menda boshqa takliflar ham bor edi, ammo "Milan" paydo bo‘lgach, hammasi oydinlashdi. Men bunga boshidanoq tayyor edim. Ular Xorvatiyaga kelib, menga loyiha va shunga o‘xshash narsalarni taqdim etishgani meni hayratda qoldirdi. Bu men uchun juda muhim edi. "Milan" - Yevropaning eng yirik klublaridan biri," - dedi xorvatiyalik "rossonerilar" matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
"Milan"ga o‘tishdan oldin Modrich 13 yil davomida Madridning "Real" klubida o‘ynagan va "qaymoqranglilar" tarixidagi eng sovrindor futbolchiga aylangan.