Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Luka Modrich "Milan"da qaysi raqamda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

A A A
Luka Modrich "Milan"da qaysi raqamda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

Yarim himoyachi Luka Modrich "Milan"ga o‘tishga yaqin turibdi. Matbuotda 39 yoshli xorvatiyalik dushanba kuni "rossonerilar" bilan shartnoma imzolashi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Modrich "Milan"da 14-raqamni oladi. Ushbu raqam ostida xorvatiyalik xavbek o‘z vaqtida "Tottenxem" sharafini himoya qilgan.

Xabaringiz bor, joriy yozda Luka Modrich o‘n uch mavsumni o‘tkazgan "Real"ni tark etdi. Xorvatiyalik futbolchi Madrid jamoasi safida 19 va 10-raqamlarda to‘p tepgan.

Modrich "Milan" bilan bir mavsumga - kelasi yozgacha shartnoma imzolashi kerak. Darvoqe, "rossonerilar" yangi mavsumda yevrokuboklarda o‘ynashmaydi.

Kiritildi: 18:15 13.07.2025. O'qildi: 1275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!