Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Luiza Rasulova nonsiz qolib ketgan kunlari haqida gapirdi

Luiza Rasulova nonsiz qolib ketgan kunlari haqida gapirdi

Aktrisa Luiza Rasulova otasining o‘limidan keyin oilasi bilan o‘ta og‘ir kunlarni boshdan kechirgani haqida gapirib berdi. Bu haqda xabardor.uz yozmoqda.

Bilasizmi, odamlarda maktab davrida sevgi pallasi bo‘ladi, 14, 15, 16 yoshlik vaqtlardagi telefonda ertalabgacha gaplashishlar... Menda bunday narsa bo‘lmagan. Menda sevgiga vaqt bo‘lmagan. Stress holatidan chiqib ketib, akam bilan birga onamiz uchun nimadir qilishga uringanmiz. Chunki yaqinlarimiz, qarindoshlarimizga suyana olmasligimizni his qilardik. Nonsiz qolib ketgan paytlarimiz bo‘lgan, ba’zida bozorda ishlab, topgan pulimni Toshkentga kelib fotosessiya qildirishga sarflardim, yo‘lkiraga ham ancha mablag‘ ketib qolardi. Lekin yaqinlarim meni qo‘llab-quvvatlashgan.

O‘sha vaqtlarda akam bilan men ishlaganman, onamni ishlatmaganmiz. Chunki yuraklari kasal, otamning vafotlaridan keyin yuraklarining holati yanada yomonlashgandi. Xudoga shukr, bugungi kungacha ishlatmadik. Lekin nonsiz qolib ketgan paytlarimizda, birovlarning uylarini, hattoki qarindoshlarimizning uylarini tozalab, bizga non topib kelgan paytlari bo‘lgan, — dedi Luiza Rasulova.

Aktrisaning aytishicha, o‘sha vaqtlarda onasiga nisbatan yomon munosabatda bo‘lgan qarindoshlar bilan aloqalar vaqtincha uzilgan. Ular bilan aloqalar yaqindagina aktrisaning onasi tomonidan qayta tiklangan, Luiza Rasulova esa bunga qarshilik qilmagan bo‘lsa ham, ushbu aloqalarda o‘zi ishtirok eta olmasligi, o‘tgan ishlarni unuta olmasligini ta’kidlagan.

Kiritildi: 21:05 07.10.2021. O'qildi: 8859 marta. Fikrlar soni: 16 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!