Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Luis Suares uchta o‘yinga chetlatildi

Luis Suares uchta o‘yinga chetlatildi

«Inter Mayami» hujumchisi Luis Suares Liga kubogi finalida sodir etgan harakati uchun MLS chempionatida uchta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi. Bu haqda MLS rasmiy sayti xabar berdi.

Ma’lumot uchun, «Inter Mayami» «Sietl Saunders»ga qarshi finalda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Bellashuvdan so‘ng futbolchilar va murabbiylar o‘rtasida maydonda katta tortishuv yuz berdi. Shu paytda 38 yoshli Suares «Sietl» xodimlaridan biri bilan janjallashib, unga yuziga tupurdi. Keyinchalik u o‘z harakati uchun uzr so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, sobiq «Barselona» hujumchisi avvalroq Liga kubogidan olti o‘yinga chetlatilgan edi.

Kiritildi: 06:50 09.09.2025. O'qildi: 937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!