Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Luis Enrike "Real" futbolchisini "PSJ"ga olib kelmoqchi

Luis Enrike "Real" futbolchisini "PSJ"ga olib kelmoqchi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga parijliklar e’tiborini tortdi. Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikening shaxsan o‘zi 22 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor, deb xabar beradi Transfer News Live.

Qayd etilishicha, "Real" fransiyalik futbolchining tez-tez jarohat olib turishidan xavotirda, shuning uchun uni sotishni istisno qilishmayapti. Eduardo Kamavinganing "Qirollik klubi" bilan shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachining narxi 60 million yevroga teng. 2024/25 yilgi mavsumda futbolchi "Los-Blankos" safida 35 ta o‘yinda ishtirok etib, ikki bor gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:42 20.07.2025. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!