Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Loviyani ekish tartibi haqida nimalarni bilasiz?

A A A
Loviyani ekish tartibi haqida nimalarni bilasiz?

Loviya keng qatorlab ekiladi. Qator oralari 60-70 sm kenglikda bo‘ladi. Ekish normasi gektariga 40-50 kg. Ekish chuqurligi 4-5 sm.

Loviya maysalari unib chiqqandan keyin yuqori agrotexnika asosida parvarishlanadi. Urug‘lar to‘liq unib chiqqandan keyin birinchi kultivasiya o‘tkaziladi. O‘suv davrida 3 marta kultivasiya qilinadi.

Loviyaning pastki barglari sarg‘aya boshlab dukkaklari 60% yetilganda yig‘ishtirishga kirishiladi. Loviya dukkaklari to‘kilib nobud bo‘lmasligi uchun albatta urug‘lar toza pishib yetilmasdan burun SK-4 kombaynlari bilan yig‘ishtirib olinadi.

Saralangan don yopiq, yaxshi shamol aylanadigan xonalarga to‘kib yoki qoplarda saqlanadi. Saqlashda namlik 12-14% ortiq bo‘lmasligi kerak.

Kiritildi: 12:27 28.02.2024. O'qildi: 5917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!