Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Los-Anjeles hukumati qo‘rquvdan qurol sifatida foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi

Los-Anjeles hukumati qo‘rquvdan qurol sifatida foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi

Los-Anjeles rasmiylari "qo‘rquvni shaharni kuchli qiladigan aholiga qarshi qurol sifatida ishlatishga" yo‘l qo‘ymaydi.

Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida Los-Anjeles meri Karen Bass megapolisda noqonuniy muhojirlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davom etayotgan norozilik namoyishlarini sharhlar ekan, aytib o‘tdi.

"Mening ma’muriyatim jamoat tashkilotlari, advokatlar va mahalliy rahbarlar bilan har bir aholi o‘z huquqlarini bilishi va kerakli yordamni olishi uchun ishlamoqda. Bu shahar birlashgan", - deb yozadi Bass.

Boshqa bir postida Bass muhojirlarga qarshi reydlar "jamiyatni falaj qilishini" aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyat "jamoat xavfsizligiga hech qanday aloqasi yo‘q va aniq siyosiy qasosdir".

Merning eslatishicha, Los-Anjelesda 11 iyun kuni joriy etilgan komendantlik soati mahalliy vaqt bilan 20:00 dan ertalabki 6:00 gacha amal qiladi.

Kiritildi: 14:28 12.06.2025. O'qildi: 638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!