Dunyodagi eng gavjum aeroportlardan biri bo‘lgan Londondagi Xitrou aeroportining 4-terminali ehtimoliy xavfli moddalarga oid xavotirlar tufayli yopildi va yo‘lovchilar evakuasiya qilindi.
AQShning X kompaniyasi ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida: “Favqulodda xizmatlar bilan bog‘liq voqea sodir bo‘lgan 4-terminal evakuasiya qilindi”, deya ma’lum qilindi.
Aeroport rahbariyati yo‘lovchilarga 4-terminalga bormaslikni tavsiya qildi. Qolgan 1, 2, 3 va 5-terminallar odatiy tartibda ishlayotgani qayd etildi.
London yong‘in xavfsizligi xizmati esa maxsus guruh aeroportda ehtimoliy xavfli modda bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganayotganini bildirdi.
Hodisa oqibatida 20 ga yaqin kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgani va voqea yuzasidan tergov olib borilayotgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, Milliy temir yo‘llari 4-terminalga boruvchi poyezdlar vaqtincha stansiyada to‘xtamasligini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Xitrou aeroportining 4-terminali ayrim Yevropa va uzoq masofali reyslar uchun muhim transfer nuqtasi hisoblanadi.