Londondagi Britaniya muzeyidan hojatxonalardan birida shubhali buyum topilganidan keyin 10 000 dan ortiq odam evakuasiya qilindi.
Bu haqda The Times gazetasi muzey bayonotiga tayanib xabar berdi.
"Britaniya muzeyi tashrif buyuruvchilar hojatxonasida shubhali qurilma topilganidan keyin ehtiyot chorasi sifatida evakuasiya qilindi", deyiladi bayonotda.
Gazeta xabariga ko‘ra, muzeyga bir vaqtning o‘zida tahdidli xabarlar kelib tushgan va ular huquqni muhofaza qilish organlariga yetkazilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, polisiya muzeydan 12 000 dan 16 000 gacha odamni evakuasiya qilgan. Keyinchalik huquqni muhofaza qilish organlari topilgan buyum hech qanday xavf tug‘dirmasligini ma’lum qilishdi. Tahdidlar bo‘yicha tergov davom etmoqda.
Tergovdan so‘ng muzey tashrif buyuruvchilar uchun qayta ochildi.
Gazeta voqea Qadimgi Isroil haqidagi ma’ruzaning qoldirilishidan keyin muzeyga nisbatan tanqidlar fonida sodir bo‘lganini ta’kidlaydi. Muassasaga yaqin manbaning so‘zlariga ko‘ra, kechiktirish qarori xavfsizlik nuqtai nazaridan qabul qilingan.