Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Londonda ayol miya operasiyasi vaqtida musiqa chaldi

Londonda ayol miya operasiyasi vaqtida musiqa chaldi

Bu voqea musiqaning shifo kuchini yana bir bor isbotladi.

Buyuk Britaniyada yashovchi 65 yoshli Denise Bason ismli ayol Parkinson kasalligiga qarshi o‘tkazilgan murakkab miya operasiyasi vaqtida klarnet chaldi.

Denise 2014 yilda Parkinson kasalligiga chalingan. Kasallik uning yurish, raqsga tushish, suzish va eng muhimi — musiqa chalish qobiliyatiga jiddiy ta’sir qilgan. Shifokorlar unga “chuqur miya stimulyasiyasi” deb ataluvchi usulni qo‘llashdi. Bu jarayon davomida bemorning miyasi ichiga mayda elektrodlar joylashtirilib, ularning yordamida asab faoliyati barqarorlashtiriladi.

Operasiya paytida bemor hushida bo‘lgan. Shifokorlar unga klarnet chalishni taklif qilishgan, shunda ular elektr stimulyasiyasining bemorning barmoqlari harakatiga qanday ta’sir qilayotganini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘lishgan. Elektrodlar yoqilgach, Denise’ning o‘ng qo‘l harakati darhol yaxshilangan va u klarnet chalishda davom etgan.

Shifokorlar ta’kidlashicha, chuqur miya stimulyasiyasi Parkinson kasalligi simptomlarini sezilarli darajada kamaytiradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi.

Kiritildi: 13:45 22.10.2025. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!