Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 29 aprel kuni London markazidagi Vaterloo maydonida g‘alati haykal paydo bo‘ldi: kostyum kiygan erkak hilpirayotgan bayroqni ushlab turibdi, biroq bayroq uning yuzini yopib turibdi. Haykal poydevordan oldinga qarab qadam tashlamoqda va qayerga borayotganini ko‘rmagani sababli, yiqilib tushish arafasida turganday tasvirlangan.
Mazkur haykal poydevorida Benksining imzosi bor. Anonim rassom (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra uning asl ismi Devid Jons) hozircha mualliflikni tasdiqlagani yo‘q. Shunga qaramay, unda rassomning boshqa asarlari bilan o‘xshashlik yaqqol ko‘zga tashlanadi: siyosiy satira har doim Benksi ijodining muhim qismi bo‘lib kelgan.