Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Liviya Tripolida o‘t ochishni to‘xtatish qo‘mitasini tuzdi

Liviya Tripolida o‘t ochishni to‘xtatish qo‘mitasini tuzdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Liviyadagi Qo‘llab-quvvatlash Missiyasi (UNSMIL) va mamlakat g‘arbidagi Liviya qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni sifatida faoliyat yurituvchi Prezident kengashi poytaxtda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlab qolish uchun sulh qo‘mitasini tuzdi.

Tegishli nashr missiyaning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan.

"Liviya armiyasi shtab boshlig‘i, general-mayor Muhammad al-Haddod boshchiligidagi qo‘mita tashkil etilishi barcha tomonlarning keskinlashuvning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda xalqaro inson huquqlari va xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha o‘z majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlash majburiyatini aks ettiradi”, — deyiladi UNSMIL bayonotida.

Missiya, shuningdek, “o‘tgan hafta boshlangan zo‘ravonliklar chog‘ida tinch aholining qurbon bo‘lgani haqidagi xabarlardan” xavotir bildirdi va “zudlik bilan, doimiy va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishga” chaqirdi.

Kiritildi: 08:36 19.05.2025. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!