Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Liviya qirg‘oqlarida cho‘kib ketgan qayiqda bo‘lgan 74 nafar insonning atigi 13 tasi omon qolgan

Liviya qirg‘oqlarida cho‘kib ketgan qayiqda bo‘lgan 74 nafar insonning atigi 13 tasi omon qolgan

Liviya sharqidagi Tobruk shahri qirg‘oqlarida ichida 74 kishi bo‘lgan qayiq cho‘kib ketishidan atigi 13 kishi tirik qolgan.

Al Jazeera telekanalining xabar berishicha, BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining Liviyadagi vakolatxonasi voqea haqida xabar bergan.

Bayonotga ko‘ra, ag‘darilgan qayiqdagi yo‘lovchilarning aksariyati sudanlik qochqinlardir.

Xabar qilinishicha, hodisa 13 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. O‘nlab yo‘lovchilar hanuz bedarak yo‘qolgan.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!