Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Liviya Bosh vaziri Turkiyada mamlakat bosh shtab boshlig‘ining vafot etganini tasdiqladi

Liviya Bosh vaziri Turkiyada mamlakat bosh shtab boshlig‘ining vafot etganini tasdiqladi

Liviya Milliy kelishuv hukumati bosh vaziri Abdul Hamid Dbeyba Qurolli kuchlar bosh shtab boshlig‘ining o‘lganini tasdiqladi.

Bu haqda bosh vazir quyidagi bayonot bilan chiqdi:

Unga ko‘ra, Bosh shtab boshlig‘i Muhammad al-Heddad, uning maslahatchisi, quruqlikdagi qo‘shinlar bosh shtabi boshlig‘i va Liviya harbiy sanoati direktori Anqaraga rasmiy tashrifdan qaytganida sodir bo‘lgan fojiali aviahalokatda halok bo‘lgan.

Samolyot bortida, shuningdek, quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni general-leytenant Al-Fayturi Kerib, brigada generali Mahmud al-Ketiviy, bosh shtab boshlig‘i maslahatchisi Muhammad al-Esavi Diab va bosh shtab boshlig‘i fotosuratchisi Muhammad Umar Ahmad Mahjub ham bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Haddod bugun Turkiya Bosh shtab boshlig‘i general Selchuk Bayraktaro‘g‘lining taklifiga binoan Turkiya poytaxtiga kelgandi va Milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler bilan uchrashgandi.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!