Anqaradagi Esenbog aeroportidan Tripoliga yo‘l olgan Falcon 50 samolyoti to‘satdan radarlardan g‘oyib bo‘ldi.
Habertürk nashri xabariga ko‘ra, voqea tufayli Anqara havo hududi parvozlar uchun yopilgan.
Samolyot bortida Liviya Bosh shtab boshlig‘i general Muhammad Ali al-Haddod bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Aeroport yaqinida portlash ovozi eshitildi, deb xabar bermoqda Habertürk.
Haddod kecha Turkiya Bosh shtab rahbari general Selchuk Bayraktaro‘g‘lining taklifiga binoan Turkiya poytaxtiga kelgandi va Milliy Mudofaa vaziri Yashar Gyuler bilan uchrashgandi.