Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Liverpulda avtomobil odamlarni bosib ketishi oqibatida 27 kishi jarohatlandi

Liverpulda avtomobil odamlarni bosib ketishi oqibatida 27 kishi jarohatlandi

Liverpulda avtomobil odamlarni bosib ketishi oqibatida 27 kishi, jumladan to‘rt nafar bola shifoxonaga yetkazildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Mahalliy hokimiyat rasmiylarining xabar berishicha, qolgan jabrlanganlarga hodisa joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa yuzasidan 53 yoshli avtomobil haydovchisi qo‘lga olingan. U Liverpul hududida yashovchi britaniyalik shaxs ekani bildirilgan.

Polisiya hodisa yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda, biroq rasmiylar bu holatni terrorchilik hujumi sifatida ko‘rib chiqmayapti.

Kiritildi: 09:45 27.05.2025. O'qildi: 1167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!