Hujumchi Yugo Ekitike "Ayntraxt"dan "Liverpul"ga o‘tmoqda. The Athletic nashrining yozishicha, Angliya chempionlari allaqachon kelishuvga erishgan. "Qizillar" 69 million funt (80 million yevro) to‘laydi. Bonuslar hisobiga transfer summasi yana 10 million funtga (11,5 million yevro) oshishi mumkin.
Ekitike "Liverpul" bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi. 23 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, Gonkongda jamoa safiga borib qo‘shiladi.
"Liverpul" allaqachon yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Arne Slot jamoasi ilk rasmiy o‘yinini 10 avgust kuni Angliya Superkubogi doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi o‘tkazadi.