Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Liverpul"da 16 yoshli yulduz porlashni boshladi

"Liverpul"da 16 yoshli yulduz porlashni boshladi

16 yoshli Rio Ngumoa jamoasi safidagi ilk goli bilan "Liverpul"ga g‘alaba keltirdi.

Angliyalik vinger "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda (3:2) ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 6-daqiqada Kodi Gakponing o‘rniga maydonga tushdi va 100-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi.

Bu futbolchining kattalar darajasidagi ikkinchi rasmiy o‘yini edi. U "qizillar"ning asosiy jamoasidagi debyutini 11 yanvar kuni Angliya kubogi doirasida "Akkrington"ga qarshi o‘yinda (4:0) o‘tkazdi.

Ngumoa 2024 yilning yozida "Chelsi"dan "Liverpul"ga o‘tgandi.

Kiritildi: 09:28 26.08.2025. O'qildi: 971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!