Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Livanda sulh tuzilgandan keyin halok bo‘lganlar soni 254 kishiga yetdi

Livanda sulh tuzilgandan keyin halok bo‘lganlar soni 254 kishiga yetdi

Chorshanba kuni AQSh va Eron o‘rtasida sulh tuzilganidan beri Livanda Isroil hujumlari natijasida kamida 254 kishi halok bo‘ldi va yana 1165 kishi yaralandi.

Al Jazeera xabar berishicha, bu haqda Fuqarolik mudofaasi boshqarmasi bayonotida aytilgan.

Avvalroq 112 kishi halok bo‘lgan va 837 kishi yaralangan edi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Rakan Nasreddin Isroil mamlakat bo‘ylab "100 dan ortiq havo hujumlari"ni boshlaganidan so‘ng Livan "xavfli eskalasiya"ga duch kelayotganini aytdi.

"Tez yordam mashinalari yaradorlarni kasalxonalarga tashishda davom etmoqda. Biz xalqaro tashkilotlarni Livan sog‘liqni saqlash sohasiga yordam ko‘rsatishga chaqiramiz", dedi Nasreddin Al Jazeera nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Eron, AQSh va ularning ittifoqchilari 2026 yil 8 aprel kechasi ikki haftalik sulhga kelishib oldilar. Eron o‘z navbatida, bu davrda Eron qurolli kuchlari bilan muvofiqlashtirilgan holda va texnik cheklovlar doirasida Hormuz bo‘g‘ozi orqali xavfsiz o‘tish ta’minlanishini ma’lum qildi.

Biroq, Isroil amaldagi sulh qarori Livanga taalluqli emasligini aytib, ushbu mamlakatga qarshi hujumlar uyushtirdi. Keyinchalik Eron parlamenti spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibaf Livanda sulh rejasining birinchi sharti ekanligini aytdi.

Kiritildi: Bugun 08:03. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!