Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni qariyb 3600 kishiga yetdi

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni qariyb 3600 kishiga yetdi

2 mart kuni harbiy kuchayish boshlanganidan beri Livanda Isroil havo hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3593 kishiga yetdi, 10 990 kishi yaralandi.

Bu haqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

"Shanba kuni Isroil havo kuchlarining Livan janubidagi Nabatiya viloyati va G‘arbiy Beka mintaqasiga uyushtirgan hujumlari natijasida so‘nggi 24 soat ichida 35 kishi halok bo‘ldi va 120 kishi yaralandi", deb aniqlik kiritdi vazirlik.

Ta’kidlanishicha, e’lon qilingan sulhga qaramay, aholi punktlarini bombardimon qilish davom etmoqda, shuning uchun qurbonlar va yaradorlar soni kun oxiriga qadar oshishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 10:01. O'qildi: 256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!