Bugun 8 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni qariyb 300 kishiga yetdi

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni qariyb 300 kishiga yetdi

Livanda 2 martdan beri Isroil hujumlari natijasida halok bo‘lganlar soni 294 kishiga yetdi.

Bu haqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida aytilgan.

"2 martdan beri Isroil hujumlari natijasida halok bo‘lganlarning umumiy soni 294 kishiga yetdi, 1023 kishi jarohat oldi", deyiladi vazirlik ma’lumotlarida.

Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Raqyan Nosir al-Din Al Mayadeen telekanaliga bergan intervyusida halok bo‘lganlar soni 250 dan oshganini, 600 dan ortiq livanlik jarohat olganini aytgan edi.

Kiritildi: 22:15 07.03.2026. O'qildi: 373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!